Kiberxavfsizlikdagi kasblar

Tasavvur qiling, sizning qo‘lingizda texnologik "qilich" bor, va siz har kuni internet olamidagi yovuz kuchlar bilan kurashasiz. Ammo bu jangning turli qahramonlari bor, va har biri o‘ziga xos super kuchga ega. Keling, kim bo‘lishni tanlaysiz?

Etik hackerlar – Raqamli dunyoning o‘yin qoidalarini buzib, o‘nglovchilar!

Bu odamlar xakerlar, lekin qahramonlar tomonda. Ha, ular tizimlarga kirishadi, lekin zarar yetkazish uchun emas, balki tizimning zaif joylarini topib, himoya qilish uchun. Xuddi "Robin Hud" kabi, ular yovuz kuchlar bilan kurashib, yaxshi niyat bilan ishlaydi. Ular tizimlarni buzib, nima noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatadi, shunda haqiqiy himoya qilinadi.

Misol: Tasavvur qiling, siz bir eshikni ochmoqchisiz, lekin qulf buzilgan. Etik hacker keladi, uni buzadi va qanday qilib to‘g‘ri tuzatish kerakligini ko‘rsatadi. Kompaniyalar ham etik hackerlarni jalb qilishadi, ular tizimlarga kirib zaifliklarni topadi va ularga qanday himoya qilishni o‘rgatadi.

Kerakli ko‘nikmalar: Dasturlash tillari (masalan, Python), tarmoq xavfsizligi, zaifliklarni topish va ularni tuzatish bo‘yicha chuqur bilimlar.

2. Xavfsizlik tahlilchilari – Kiber dunyoning detektivlari!

Siz ham Sherlock Holmes kabi sirli jinoyatlarni topib, ularni fosh qilmoqchi bo‘lgansizmi? Endi bu imkoniyat sizda bor! Xavfsizlik tahlilchilari – kiber dunyoning haqiqiy detektivlari. Ular tarmoq va tizimlarga xuddi Holmesning Lupasiday nazar solib, biror jinoyat (xakerlik hujumi) sodir bo‘lishidan oldinroq buni sezib qolishadi. Ular har doim har bir kichik detallani tahlil qilib, tahdidlarning qaerdan kelayotganini va qanday sodir bo‘lishini aniqlashadi.

Misol: Sizning ko‘z oldingizda katta kiber jinoyat sodir bo‘lmoqda, va kimdir tizimga kirib, ma'lumotlaringizni o‘g‘irlamoqchi. Ammo xavfsizlik tahlilchisi har bir harakatni sezadi va sizni ogohlantiradi: "Hujum bor! Tezda himoya choralarini ko‘ring!"

Kerakli ko‘nikmalar: Ma'lumotlar tahlili, xavfsizlik tizimlarini boshqarish, risklarni baholash va detektivlik qobiliyatlari – hammasi bir joyda!

3. Penetratsion test o‘tkazuvchilar (pentesterlar) – hujum sinovchilari!

Pentesterlar – haqiqiy “jinoyatchilar” rolini o‘ynab, tizimlarga hujum qilishadi, ammo yovuz niyat bilan emas! Ular tizimlarga kirish yo‘llarini izlab, zaif joylarni topadilar, shunda kompaniyalar o‘z himoyalarini mustahkamlashadi. Bu xuddi filmda ko‘rilganidek: o‘g‘ri kabi ko‘rinib, himoya choralarini tekshirib chiqish. Pentesterlik – haqiqiy hujumlarni sinovdan o‘tkazish va tizimni yanada kuchli qilish uchun amalga oshiriladi.

Misol: Siz bir tajavuzkor kabi tizimga kirib, eshiklarni ochasiz, lekin maqsadingiz tizimni himoya qilishni mustahkamlash. Kompaniyalar sizni yollaydi va siz ularga: "Mana, shu joy zaif ekan!" deb aytasiz.

Kerakli ko‘nikmalar: Hujum texnikalari (masalan, WAPT), tarmoq va tizim xavfsizligi, zaifliklarni topish va sinovdan o‘tkazish.

O‘zbekiston va Jahon bozoridagi imkoniyatlar

O‘zbekistonda kiberxavfsizlik hali rivojlanayotgan bo‘lsa ham, bu sohada talab tez sur’atlarda o‘sib bormoqda. Davlat idoralari, kompaniyalar va hatto banklar kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarni izlamoqda. Siz klubimiz orqali ushbu bozorga kirishingiz mumkin!

Jahon bozorida esa kiberxavfsizlik mutaxassislariga talab hech qachon kamaymaydi. Katta texnologik kompaniyalar, banklar va davlat idoralari doim tizimlarini himoya qilish uchun tajribali mutaxassislar izlaydi. Xalqaro kiber jang maydonida sizning rolingiz juda katta bo‘lishi mumkin.

Last updated

Was this helpful?