Kiberxavfsizlik Klubi
  • Xush kelibsiz!
  • Kiberxavfsizlikka kirish
    • Kiberxavfsizlik nima ?
    • Kiberxavfsizlikda tahdidlar
    • Kiberxavfsizlikdagi kasblar
  • Tarmoq xavfsizligi
    • Tarmoq nima?
    • IP Raqamli dunyoning uy manzillari
    • MAC manzil nima?
    • Protokollar ?
      • Port va Protokollar
    • OSI modeli – Tarmoqdagi muloqotning 7 qavati
  • Tarmoq Xavfsizligi
    • Tarmoq xavfsizligi kirish
    • Ma'lumotlar shifrlash va ishonch tizimi
    • Foydalanuvchilar bilmagan hujumlar
    • Oddiy devordek ko‘rinadigan xavfsizlik himoyasi
    • Tarmoqda ma'lumotlarning yashirin tomoni
    • Xakerlarning tarmoqni qulatish uchun asosiy quroli
    • O‘zingiz sezmagan wifi xavf ostida
Powered by GitBook
On this page

Was this helpful?

  1. Tarmoq Xavfsizligi

Tarmoqda ma'lumotlarning yashirin tomoni

Endi tarmoq xavfsizligini ancha chuqurroq o‘rganamiz. Oldingi darslarda firewall haqida bilib oldik, lekin bu darsda tarmoq orqali o‘tadigan ma'lumotlar qanday xavf ostida qolishi va xakerlar ularni qanday o‘g‘irlashi mumkinligini tushunib olamiz. Bu jarayonni Sniffing va Packet Capturing deb atashadi. Bu jarayonlar qanday ishlaydi va qanday qilib ma'lumotlaringiz yashirincha kuzatilishi mumkinligi haqida gaplashamiz. Sniffing va Packet Capturing nima?

Sniffing — bu tarmoq orqali o‘tadigan ma'lumotlarni ushlash, ya'ni kuzatish jarayoni. Xuddi detektiv filmlardagi kabi, xakerlar sizning kompyuteringiz va boshqa qurilmalar o‘rtasida bo‘ladigan aloqani kuzatadi va u yerdagi ma'lumotlarni o‘g‘irlaydi.

Packet Capturing — bu tarmoq orqali o‘tgan ma'lumotlarni bo‘laklarga (paketlarga) ajratish va ularni tekshirish. Har safar internet orqali ma'lumot yuborganingizda, u kichik bo‘laklarga bo‘linib, manzilga yetkaziladi. Xakerlar bu bo‘laklarni ushlab, ichidagi ma'lumotlarni o‘qishi mumkin.

Misol:

Tasavvur qiling, siz va do‘stingiz o‘rtasida telefon orqali suhbatlashyapsiz. Lekin kimdir sizning suhbatlaringizni yashirincha eshitib turibdi. Siz buni sezmayapsiz, ammo u sizning har bir gapingizni tinglab turibdi. Sniffing ham shunday ishlaydi: xakerlar siz va internet o‘rtasida bo‘layotgan ma'lumotlarni kuzatib, sizga sezdirishmaydi.


Sniffing va Packet Capturing qanday ishlaydi?

Har safar internetda biror sahifaga kirganingizda yoki ma'lumot yuborganingizda, bu ma'lumotlar paket shaklida yuboriladi. Xakerlar maxsus dasturlar orqali ushbu paketlarni "ushlab" oladi. Bu jarayon ko‘p hollarda ommaviy Wi-Fi tarmoqlarida sodir bo‘ladi. Ochiq Wi-Fi tarmoqlarida siz yuborgan har bir xabarni yoki ma'lumotni xakerlar sniffing yoki packet capturing orqali o‘g‘irlashi mumkin.

Misol:

Siz kafeda o‘tirib, Wi-Fi tarmog‘iga ulanib, do‘stingizga SMS yozyapsiz. Lekin xaker ham shu Wi-Fi tarmog‘ida bo‘lib, u sizning yozayotgan SMS-laringizni kuzatib turibdi. Sizning do‘stingizga yuborgan har bir xabar, xakerning qo‘liga tushishi mumkin. Sniffing orqali xaker sizning ma'lumotlaringizni o‘g‘irlaydi va siz buni sezmay ham qolasiz.


Sniffing qanday xavf tug‘diradi?

  1. Parollarni o‘g‘irlash: Agar sniffing orqali xaker sizning tarmoqdagi trafikni kuzatsa, u sizning barcha kirish ma'lumotlaringizni — login, parol kabi maxfiy ma'lumotlarni o‘g‘irlashi mumkin.

  2. Shaxsiy ma'lumotlarni o‘g‘irlash: Siz yuborayotgan xabarlar, elektron pochta xabarlari yoki kredit karta ma'lumotlari sniffing orqali qo‘lga kiritilishi mumkin.

  3. Moliyaviy zarar: Xakerlar sizning bank hisobingizni o‘g‘irlab, pulingizni talon-taroj qilishi mumkin.

Tasavvur qiling, siz do‘stingizga telefoningiz orqali maktab haqida gapiryapsiz. Xaker esa sizning har bir gapni tinglab turibdi. Keyin u sizning gaplaringizni noto‘g‘ri tushunib, do‘stingizga o‘zini siz deb tanishtiradi. Do‘stingizni hayratga solib, u bilan "soxta suhbat" o‘tkazadi! Xuddi shu kabi, xakerlar sizning ma'lumotlaringizni noto‘g‘ri maqsadlarda ishlatishi mumkin.

PreviousOddiy devordek ko‘rinadigan xavfsizlik himoyasiNextXakerlarning tarmoqni qulatish uchun asosiy quroli

Last updated 7 months ago

Was this helpful?