> For the complete documentation index, see [llms.txt](https://learn.csclub.uz/llms.txt). Markdown versions of documentation pages are available by appending `.md` to page URLs; this page is available as [Markdown](https://learn.csclub.uz/tarmoq-xavfsizligi-1/tarmoq-xavfsizligi-kirish.md).

# Tarmoq xavfsizligi kirish

#### **Tarmoq xavfsizligi nima?**

**Tarmoq xavfsizligi** – bu tarmoq orqali yuboriladigan ma'lumotlarni **hackerlar**, **viruslar** va boshqa tahdidlardan himoya qilishdir. Tasavvur qiling, sizning tarmog‘ingiz katta uyingiz va uyingizni o‘g‘rilar va jinoyatchilardan himoya qilishingiz kerak. Tarmoq xavfsizligi – bu himoya qilish uchun kerakli vositalarni qo‘llash.

***

#### **Asosiy tarmoq xavfsizlik elementlari:**

1. **Firewall – Eshik oldidagi qo‘riqchi**

   * Bu xuddi sizning uyingizning oldida turgan qo‘riqchi kabi, u faqat ishonchli odamlarni ichkariga kirgizadi. Begona kelsa, “To‘xta, sen kirmisan!” deydi.

   **Misol:** Sizning tarmog‘ingizga begona kirmasligi uchun **Firewall** tarmoqni qo‘riqlaydi.
2. **Antivirus – Jinoyatchilarni topib chiqarish**

   * Antivirus xuddi uyingizda ko‘zdan pana turgan o‘g‘rilarni topib, ularni tashqariga haydaydi. Agar biror zararli dastur kirsa, antivirus uni ushlaydi va yo‘q qiladi.

   **Misol:** Tarmoqda jinoyatchilarni yurganligini ko‘rib, antivirus ularni quvib chiqaradi.
3. **Shifrlash – Maxfiy yozuv**

   * Shifrlash ma'lumotlarni maxfiy qilib, ularni faqat kerakli odam o‘qiy oladigan yozuvga aylantiradi. Xuddi shifrlangan xat kabi, uni faqat kaliti bor odam ochadi.

   **Misol:** Siz maxfiy xatingizni maxfiy yozuv bilan yuborasiz va faqat oluvchi uni o‘qiy oladi.
4. **VPN – Maxfiy yo‘l**

   * VPN xuddi shaxsiy tunnelga o‘xshaydi, ma'lumotlaringizni hech kim ko‘rmaydigan maxfiy yo‘l orqali yuboradi. VPN orqali kimdir sizni kuzatsa ham, ma'lumotlarni o‘qiy olmaydi.

   **Misol:** Xuddi maxfiy tuneldan uyingizdan chiqib ketayotgandek, hech kim sizni ko‘rmaydi.

***

#### **Tarmoq xavfsizligining asosiy maqsadlari:**

1. **Maxfiylik (Confidentiality)** – Ma'lumotlar faqat ruxsat etilgan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lishi kerak. Bu shifrlash orqali ta'minlanadi.

   **Misol:** Sizning shaxsiy xabaringiz faqat oluvchiga yetadi va boshqa hech kim uni o‘qiy olmaydi.
2. **Butunlik (Integrity)** – Ma'lumotlar uzatilayotganda o‘zgarmasligi kerak. Hackerlar tarmoq orqali ma'lumotlarga o‘zgartirish kiritmasligi uchun xavfsizlik choralarini ko‘rish zarur.

   **Misol:** Siz bankdan pul o'tkazayotgansiz va hackerlar sizning summangizni o‘zgartirishga harakat qilsa, butunlik ta’minlangan bo‘lsa, bunday o‘zgartirishlarni to‘xtatadi.
3. **Mavjudlik (Availability)** – Tarmoq xizmatlari doim mavjud bo‘lishi kerak. **DoS (Denial of Service)** kabi hujumlardan himoya qilish orqali xizmatlarning uzluksiz ishlashi ta'minlanadi.

   **Misol:** Tasavvur qiling, biror ofisdagi barcha kirish eshiklarini kimdir bloklab qo‘yadi. Tarmoq xavfsizligi bu eshiklarning doim ochiq va kirish imkoniyati mavjud bo‘lishini ta'minlaydi.

***

#### **Misol:**

Tasavvur qiling, sizda katta mehmonxona bor va siz uni turli xatarlardan himoya qilmoqchisiz. **Tarmoq xavfsizligi** xuddi shunday. Mehmonxonangizning har bir eshigi va xonasini xavfsizlik choralari bilan ta'minlashingiz kerak.

1. **Firewall** – Bu xuddi kirish eshigiga qo‘yilgan **qo‘riqchi**dek, mehmonxonaga faqat ishonchli kishilarni kirgizadi.
2. **Antivirus** – Mehmonxona ichidagi yomon odamlarni aniqlash va chiqarib yuborish uchun qo‘yilgan **qo‘riqchilar** kabi.
3. **Shifrlash** – Ma'lumotlaringizni xonadan-xonaga olib o‘tayotganingizda maxfiy saqlash uchun yopiq konvertlarda olib yuradigan odamlar singari.
4. **VPN** – Maxfiy ma'lumotlarni faqat yopiq yo‘llar orqali yetkazish uchun maxsus **tunnel**lardan foydalanishdek.
5. **IDS/IPS** – Bu xuddi kuzatuv kamerasi va xavfsizlik tizimi kabi: hujumni aniqlash va darhol oldini olish uchun.
