MAC manzil nima?
Tasavvur qiling, sizning kompyuteringiz yoki telefoningiz "raqamli dunyodagi o‘ziga xos shaxsiy guvohnomaga" ega. Bu guvohnoma – MAC manzil deb ataladi, ya'ni Media Access Control manzili. MAC manzil qurilmangizga ishlab chiqarilgan paytida beriladi va u noyob, o‘zgartirilmaydi – bu sizning qurilmangizning shaxsiy pasporti!
MAC manzilni qanday tasavvur qilish mumkin?
MAC manzilni tasavvur qilish uchun, sizni har kuni ko‘chada uchratadigan qo‘shningiz. Siz u bilan har kuni gaplashmasangiz ham, uning yuzini tanib olasiz. Xuddi shu kabi, MAC manzil sizning tarmoqdagi barcha qurilmalarni tanitadigan noyob raqamdir. Har bir tarmoq qurilmasining o‘z MAC manzili bor va u doim bir xil bo‘lib qoladi.
Misol: Sizning qurilmangiz MAC manzili shunday ko‘rinadi: 00:1A:2B:3C:4D:5E. MAC manzillar 12ta harf va raqamdan iborat bo‘lib, har ikki harf o‘rtasida ikki nuqta yoki tire bo‘ladi. Bu sizning "raqamli DNK"ngizdek: har doim bir xil va o‘zgarmaydi.
1. MAC manzil – "Tug‘ilgan joyingiz"
MAC manzil – bu qurilmangizga doimiy ravishda berilgan va o‘zgartirilmaydigan manzil. Bu sizning qurilmangizning pasport raqami. Bir xil MAC manzil boshqa qurilmada yo‘q, va hech qachon bo‘lmaydi. Xuddi sizning Biometrik malumot kabi, uni o‘zgartirib bo‘lmaydi – bu doimiy.
Misol: Tasavvur qiling, sizning kompyuteringizning MAC manzili tug‘ilgandagi biometrik malumotga o‘xshaydi. Siz qayerga borsangiz ham, MAC manzil o‘zgarmaydi. U doim siz bilan qoladi.
2. IP manzil – "Sizning vaqtinchalik manzilingiz"
IP manzil esa vaqtinchalik yoki doimiy bo‘lishi mumkin. Har safar yangi Wi-Fi tarmog‘iga ulansangiz, sizga yangi IP manzil berilishi mumkin. Xuddi vaqtinchalik manzilga o‘xshaydi: siz bir joyda yashashni boshlaganingizda, o‘sha joydagi manzil sizga tegishli bo‘ladi.
Misol: Har safar sayohatga chiqib, yangi shaharda vaqtinchalik uy ijaraga olasiz. Bu sizning vaqtinchalik IP manzilingiz bo‘ladi. Qayerga borsangiz, o‘sha joyda yangi IP manzil olasiz, lekin MAC manzil o‘zgarmaydi.
Last updated
Was this helpful?